
Konor bor, Xabib yo‘q
UFC shon-shuxrat zali azosi Maykl Bisping aralash yakkakurashlardagi 4 ta eng kuchli jangchilardan iborat ro‘yxatni tuzdi.
Uning talqiniga ko‘ra, braziliyalik jiu-jitsu ustasi Roys Greysi birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Ikkinchi o‘rinni afsonaviy sportchi Fyodor Emelyanenko egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka UFC dagi chiqishlari bilan tanilgan Ronda Rouzi kiritildi. Ro‘yxatni esa hammaga malum-u mashxur Konor MakGregor yakunlab berdi. Shundan so‘ng Bisping Konorni bu ro‘yxatga nima uchun kiritganini alohida tushuntirib o‘tdi.
"Bilamizki, yangi turnirlarni ommaga tanitish oson emas. MakGregor esa MMA ni yangi bosqichga olib chiqishga katta hissa qo‘shdi. Ehtimol, men hozirda irlandiyalikning tarafini olayotgan yagona insondirman, ammo hech birimiz uning xizmatlarini inkor eta olmaymiz" , - dedi sharhlovchi.
Eslatib o‘tamiz, UFC prezidenti Dana Uayt Konor MakGregor(22-6) va Maykl Chandler(23-8) o‘rtasidagi jang keyingi yil o‘tkazilishini malum qilgandi.
Fikrlar