
Konor Makgregor bilan bog‘liq mojarolar davom etmoqda
Yarim engil (66 kg) va engil vaznda (70 kg) sobiq UFC chempioni Konor Makgregor avvalroq uni jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha aybdor deb topgan sud qaroriga e’tiroz bildirdi.
“Ikki kishiga yolg‘on ayblovlar qo‘yilgan bo‘lsa-da, ulardan biri oqlandi. Jeyms Lourensni bu bilan tabriklayman! O‘sha kecha nima bo‘lganini hammamiz bilamiz! Biz bor kuchimiz bilan Nikitaning yolg‘onlariga qarshi chiqdik. Ammo sud nega u ayolga ishondi, bilmayman. Bu tuyg‘ular va fikrlar sudi bo‘ldi. Biroq biz hali tugatmadik. Albatta, bir kun kelib adolat va haqiqat g‘alaba qozonadi!”, – deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Konor 2018 yilning dekabr oyida Dublinda Jeyms Lourens bilan birga (ayol) do‘sti Nikita Ni Laimxinga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblangan edi. MakGregor jinsiy aloqani inkor etmadi, lekin hamma narsa kelishilganligini ta’kidladi. Sud jarayonida u o‘sha kuni giyohvand moddalar iste’mol qilganini ham tan oldi.
Fikrlar