Konor Makgregor “monstr” deb atagan yigit BKFC da jang qiladi

  • 11.02.2026 23:12
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

31 yoshli niderlandiyalik kurashchi va aralash jang sanʼatlari vakili Gzim Selmani 2026 yil 14 mart kuni qoʻlqopsiz janglar ligasi — Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC)da debut qiladi. Unga oʻsha kuni yana bir debutant — Daniyel Körtin raqiblik qilishi belgilangan.

Gzim Selmanining BKFC bilan shartnoma imzolagani va yaqinlashib kelayotgan debuti haqida liganing hamasoschisi, UFC afsonasi Konor Makgregor rasmiy maʼlum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videoda irlandiyalik jangchi yangi ogʻir vaznli sportchini hissiyotlarga boy, qoʻpol ifodalar bilan tanishtirib, uni “yoʻq qilish uchun yaratilgan monstr” deya taʼrifladi hamda WWE dan BKFC ga oʻtish jarayonining ramziy ahamiyatini alohida taʼkidladi.

WWE dagi faoliyati davomida Gzim "Rezar" taxallusi ostida jang qilgan va “Ogʻriq mualliflari” jamoasi tarkibida chiqish qilib, ushbu promoushenda jamoaviy chempion unvonini qoʻlga kiritgan.

Selmani jang sanʼatlaridagi yoʻlini toʻrt yoshida dzyudo bilan boshlagan, 12 yoshida kikboksingga, 15 yoshida esa MMAga oʻtgan. Professional faoliyatida u MMAda 4 gʻalaba va 2 magʻlubiyat qayd etgan, jumladan Bellator ligasida ham jang qilgan. Shuningdek, u bir kechada oʻtkazilgan kikboksing turnirida ketma-ket sakkizta gʻalabaga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!