Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Konor Makgregor navbatdagi raqibi haqida post qoldirdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Irlandiyalik sobiq ikka karra UFC chempioni navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi.

UFC da yarim engil va engil vazn toifalarida sobiq ikka karra chempion bo‘lgan Konor Makgregor promoushendagi navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi.

"Keyingi raqibim kim ekani nomaʼlum. Bilasizlar, menga farqi yo‘q. Kontrakt yuboringlar", – deb yozdi irlandiyalik o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, Konor so‘nggi marta  2021 yil iyul oyida oktagonga ko‘tarilib,  birinchi raundda texnik nokaut bilan Dastin Poryedan mag‘lub bo‘lgan edi. Ayni paytdagi mish-mishlarga ko‘ra, Konor Oq Uyda o‘tkaziladigan turnir kardidan joy olishi mumkin.

Zeboniso Hamidova tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q