Konor Makgregorning keyingi raqibi ma’lum!
Ahmadbek Eshmatov
Irlanliyalik MMA yulduzi navbatdagi jangini BKFC ligasida o‘tkazadi.
Irlanliyalik MMA yulduzi Konor Makgregor navbatdagi jangini BKFC ligasida o‘tkazadi.
"Bugun, do‘stim Konor biz bilan bo‘lishi kerak edi, biroq u kelolmadi. Chunki Makgregor mashg‘ulotlar bilan band. Ishoning, bu men ko‘rgan eng yaxshi - Konor. U juda qattiq mashq qilyapti. Katta ehtimol bilan irlandiyalikning keyingi raqibi Jeremi Stivenson va Mayk Perri o‘rtasidagi jang g‘olibi bo‘ladi", — dedi BKFC promousheni rahbari Devid Feldman Nyu-Jerside bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Konor oxirgi bor "UFC 264" turnirida oktagonga ko‘tarilib, Dastin Poredan 1-raundda texnik nokautga uchragan edi.

Izohlar (0)