Conte "Manchester Yunayted"ga talablar qoʻydi
Murabbiyni ko‘ndirish oson emas
«Manchester Yunayted» jamoasini boshqarish masalasida Antonio Konte muayyan shartlar asosida rozi ekani ma’lum bo‘ldi.
Italyalik mutaxassis hozircha Maykl Kerrikka ehtimoliy asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Kerrik jamoaning mavsumni omadsiz boshlagani ortidan ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida mish-mishlar kuchaygan.
Repubblica nashri yozishicha, chorshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Konte klub rahbariyatiga bir qator talablarni qo‘ygan. U, avvalo, transfer siyosatida to‘liq so‘z huquqiga ega bo‘lishni, qaysi futbolchilarni olish yoki jamoadan ketkazish masalasida hal qiluvchi qaror qabul qilishni istamoqda.
Shuningdek, Konte o‘z taktik g‘oyalarga mos tarkibni erkin shakllantirish, zarur deb hisoblagan barcha murabbiy va mutaxassislarni o‘z shtabiga jalb etish imkoniyatini ham talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte o‘tgan mavsum yakunida «Napoli»ni tark etganidan beri biror klubda ishlamay kelmoqda.

Izohlar (0)