Ko‘p gol o‘tkazyapmiz!
Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” chempionatning navbatdagi turida “Xoffenxaym”ni qabul qiladi. Myunxenliklar liganing oxirigi ikki uchrashuvida ham ochko yo‘qotgani bois, bo‘lajak bahs jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bavariya” 2026 yil hisobidan Bundesligada o‘tkazilgan beshta uchrashuvning birortasida darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgani yo‘q. Jamoaning tajribali himoyachisi Jonatan Ta bu borada fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Biz biroz ko‘proq gol o‘tkazyapmiz, ayniqsa ochiq o‘yindan. Avval o‘tkazib yuborgan gollarimizning yarmi standart vaziyatlardan bo‘lardi. Bu holat hanuz saqlanib qolgan va biz bu kamchilik ustida ishlashimiz kerak.
Ammo biz og‘ir davrni boshdan kechiryapmiz, degan hissiyot yo‘q. Boshqa jamoalar ham moslashmoqda, ular bosh murabbiy Vensan Kompani nimani xohlayotganini tushunib yetish uchun yetarli vaqtda ega bo‘lishdi va bizga qarshi turlicha usullarni sinab ko‘rishyapti. Biz ham bunga moslashishimiz kerak, - dedi Jonatan Ta.
Fikrlar