
Korme: "Maxachev – umidlar qurboni"
Amerikalik aralash yakkakurash sportchisi Daniel Korme Islom Maxachevning Dastin Pore ustidan qozongan g‘alabasi haqida gapirdi.
"Menimcha, Islom yaxshi jang qildi. U Poreni erta mag‘lub etdi, lekin buni qilmaganida ham raundlar bo‘yicha 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lardi. Chunki haqiqatan ham, Maxachev ajoyib jang olib bordi. U o‘ta xavfli zarba beruvchiga qarshi stendda kurasha olishini va kerak bo‘lganda raqibini yiqitishga qodirligini ko‘rsatdi. Ammo menimcha, Islom – umidlar qurboni, chunki u Xabib emas. Xabib shu qadar dominant ko‘rinardiki, siz uni oktagonda hech qachon muammoga duch kelganini ko‘rmagansiz. Hamma Islomdan xuddi shunday narsani kutadi, ammo u Xabib bo‘lolmaydi. Nurmagomedovga o‘xshagan jangchi endi yo‘q”, – dedi Korme Xtra nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev(26-1) 1 iyun kuni bo‘lib o‘tgan "UFC 302" turnirida o‘zining engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini ikkinchi marta himoya qildi va Pore(30-9-1 N/C)ni bo‘g‘ish orqali mag‘lub etdi.
Fikrlar