Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Koutinyo Neymar bilan birga o'ynaydi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Ikki yulduz birlashdi

Hujumkor yarimhimoyachi Filippe Koutinyo o‘zining navbatdagi jamoasini topdi. 34 yoshli futbolchi faoliyatini «Santos» klubida davom ettiradi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrizio Romano xabar berdi. Unga ko‘ra, tomonlar joriy yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi «Santos» safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Koutinyo fevral oyida «Vasko da Gama»ni tark etganidan so‘ng klubsiz qolgan edi. U Evropadagi faoliyati davomida bir qator yirik jamoalar sharafini himoya qildi: milanlik «Inter», «Espan’ol», «Liverpul», «Barselona», «Bavariya» va «Aston Villa» tarkibida maydonga tushgan.

«Santos»da Filippe Koutinyo o‘zining ko‘p yillik do‘sti Neymar bilan yana bir jamoada to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ikki futbolchi yoshlar terma jamoasi safida birga o‘ynagan davrlaridan beri tanish.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q