Krishtianu Ronaldu 1000-golini qachon uradi?

  • 16.10.2025 14:18
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Krishtianu Ronaldu o‘z karerasi davomida ayni paytgacha 948 gol urishga erishdi. Muxlislar va mutaxassislarni qiziqtirayotgan savol: 40 yoshli hujumchi 1000 golini qachon uradi?

"Sky Sports"ning statistika tahliliga ko‘ra, agar portugaliyalik superyulduzning hozirgi gol ursh sur’ati davom etsa, bu tarixiy voqea 2026 yil oktyabr oyida sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Portugaliya terma jamoasidagi yutuqlar:
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida so‘nggi o‘yinni Vengriyaga qarshi o‘tkazdi va dubl muallifi bo‘ldi. Shu tariqa, Krishtianu Jahon chempionati saralashlaridagi eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida rekordni yangiladi. U 51 o‘yinda 41 gol bilan Gvatemala futbolchisi Karlos Ruiz (39) va Lionel Messini (36) ortda qoldirdi.

Terma jamoada: 225 o‘yinda 143 gol
Klublarda: 1068 uchrashuvda 805 gol
Jami: 948 gol

"An-Nasr"dagi faoliyati:Ronaldu "An-Nasr" safida 4 mavsumdan beri harakat qiladi. Shu vaqt mobaynida u 117 ta o‘yinda 104 ta gol urdi. 2025-yilning o‘zida esa klub va terma jamoa safida 32 ta golga mualliflik qildi. Shuningdek, u 2010-yildan beri har yili o‘rtacha 50+ gol bilan mavsumni yakunlaydi.

Eng samarali mavsumi esa 2013 yilga to‘g‘ri keladi. Ronaldu "Real Madrid" tarkibida o‘sha mavsum 69 gol bilan "Oltin to‘p" g‘olibi bo‘lgan. Oxirgi 15 yil ichida faqat bir marta yillik gol ko‘rsatkichi 39 dan kam bo‘lgan.
Gol turlari bo‘yicha
Chap oyog‘i bilan: 181 gol
O‘ng oyog‘i bilan: 68 gol
Bosh bilan: 157 gol (~17% jami gol)
Penalti: 178 gol
Jarima tashqaricidan: 135 gol (shundan 64 to‘g‘ridan-to‘g‘ri erkin zarba)
Turnirlar bo‘yicha
La Liga: 311 gol ("Real Madrid"da 9 mavsum)
Chempionlar Ligasida: 140 gol, eng ko‘p gol urgan futbolchi
"Manchester Yunayted": 103 gol (2 mavsum)

Sevimli raqiblari
Ispaniya: "Sevilya" (27 gol / 18 o‘yin), "Atletiko Madrid", "Barselona"
Angliya: "Tottenxem" (14 gol / 20 o‘yin)
Milliy terma jamoa: Lyuksemburg darvozasiga eng ko‘p gol

Hozir Ronaldu 948-golga erishgan bo‘lsa-da, uning gol ursh sur’ati davom etmoqda. Agar "Sky Sports"statistikasi haq bo‘lsa, butun futbol olami 2026 yil oktyabr oyida Krishtianu Ronaldu 1000-golini nishonlashga tayyor turishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!