«Kristal Pэlas» «Chelsi» himoyachisini ijaraga oldi

  • 26.08.2026 17:08
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» markaziy himoyachisi Aksel Disasi o‘z faoliyatini «Kristal Pelas» jamoasida davom ettiradi. London klubi rasmiy saytida ma’lum qilishicha, fransuz futbolchi mavsum oxirigacha ijara asosida jamoaga qo‘shildi.

 

«Juda xursandman. Klub juda to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanyapti, shuning uchun bu yerga o‘tish men uchun to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman», – dedi Disasi «Kristal Pelas» matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

 

Aksel Disasi 2023 yildan buyon «Chelsi» klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. «Ko‘klar» tarkibida 28 yoshli himoyachi barcha musobaqalar doirasida 61 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!