Kristina Mladenovich o‘z uyida golf o‘ynadi
Zohir2018
Frantsiyalik go‘zal karantinda o‘z vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda
Frantsiyalik tennichi Kristina Mladenovich koronavirus pandemiyasi sabab vujudga kelgan karantin holatida o‘z vaqtini maroqli o‘tkazmoqda.
Kristina o‘z uyida golf o‘ynash yo‘lini topdi. U uy zinasining yuqorisiga chiqib, quyida suv to‘ldirilgan finjonga koptokni joylashga haraka qildi va ikki urinishda o‘z maqsadiga etdi.
Eslatib o‘tamiz, tennis musobaqalari joriy yilning iyun oyiga qadar o‘tkazilmaydi.

Izohlar (0)