Kuadrado yangi jamoa topdi
Londonning «Chelsi» va Turinning «Yuventus» jamoalari sobiq yarim himoyachisi Xuan Kuadrado faoliyatini yana o‘z yurtida davom ettiradi. 38 yoshli futbolchi Kolumbiyaning «Milyonarios» klubi bilan shartnoma imzoladi, deya xabar berdi jamoa matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali xavbek yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Kuadradonning oxirgi klubi Italiya ning «Piza» jamoasi bo‘lgan. U yerda kolumbiyalik futbolchi 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urgan.
Yevropada Kuadrado «Fiorentina», «Lechche», «Inter», «Atalanta» va «Udineze» tarkiblarida ham to‘p surgan. Kolumbiya terma jamoasi safida esa u 116 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini 11 marta ishg‘ol etgan.

Fikrlar