Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kubarsi: "Hamma Mbappe qanday o‘ynashini biladi"

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Pau Kubarsi Mbappega qarshi o‘ynashdan qo‘rqmasligini, ammo unga qarshi har soniya hushyor bo‘lish kerakligini aytdi.

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi jurnalistlar bilan suhbatda 2026 yildgi jahon chempionati yarim finali oldidan Fransiyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kilian Mbappega qarshi o‘ynash unga qo‘rqinchli tuyulmaydi, chunki barcha uning uslubini yaxshi biladi. Kubarsi ta’kidlashicha, Mbappe maydonda faol ko‘rinmay qolgan paytda ham bir lahzada o‘yin taqdirini o‘zgartirishga qodir.

«U o‘ziga xos futbolchi, huddi Lamin Yamal kabi. Mbappega qarshi 90 daqiqaning har bir soniyasida hushyor bo‘lib o‘ynash kerak», — dedi Kubarsi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finali bahsi 14 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q