Kubok uchrashuvida 44 ta penalti tepildi

  • 25.08.2026 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya kubogi doirasida kutilmagan holat ro‘y berdi – keyingi bosqichga chiquvchi jamoani aniqlash uchun ikki klub birgalikda 44 ta penalti amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Gap «Ebolitana» va «Sarneze» o‘rtasidagi bahs haqida ketmoqda.

Uzoqqa cho‘zilgan penalti seriyasida asablarini yaxshiroq nazorat qilgan «Ebolitana» g‘alaba qozondi. Salerno shahri klubi shu tariqa keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi. Qiziqishi shundaki, jamoa 2026 yilda o‘zining yuz yillik yubileyini nishonlaydi va ushbu muvaffaqiyat klub uchun ramziy ahamiyat kasb etmoqda. Keyingi bosqichda «Ebolitana» «Nocherina»ga qarshi maydonga tushadi.

Shu bilan birga, 44 ta penalti – bunday turdagi duel­lar uchun mutlaq rekord emas. 2024 yilda Isroil kubogi musobaqasida «Dimona» va «Shimson» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yanada dramatik tarzda yakunlangan edi. O‘shanda raqiblar bir-birlariga jami 56 ta penalti ijro etishgan, faqat shundan so‘nggina keyingi bosqichga chiquvchi jamoa nomi ma’lum bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!