Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kunde jazolandi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

U asosiy tarkibdan tushib qoldi

"Barselona" La Liganing 9-turida "Alaves" mehmoni bo‘lib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvni Jyul Kunde zaxiradan boshladi. Buning sababi, bosh murabbiy Xans-Diter Flik rotatsiyaga qo‘l urganida, deb taxmin qilindi. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi. 

"Diario Sport" nashriga ko‘ra, frantsiyalik himoyachi o‘yinga kech qolani uchun Flik uni asosiy tarkibga kiritmadi. Bu germaniyalik mutaxassis tomonidan qo‘llanilgan jazo sifatida ko‘rilmoqda. 

Ammo Kunde 67-daqiqada Ektor Fortning o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, yaxshi uchrashuv o‘tkazdi. Futbolchi 2 ta duelda g‘olib chiqib, sheriklariga 28 ta urinishdan 27 ta aniq pas bera oldi. Shu bilan birga, bitta muvaffaqiyatli dribling ham amalga oshirdi. 

Image

Flik shogirdlari La Liganing 9 ta o‘yinida 8 ta g‘alabani naqd qilib, turnir jadvalida 24 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Jamoani oldinda "Sevilya", "Bavariya" va "Real"ga qarshi bahslar kutib turibdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q