Kurtua: Hamon tirikmiz

  • 29.01.2025 11:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Tibo Kurtua "Real"ni Chempionlar ligasi favoritlaridan biri deb hisoblaydi. 

Chorshanba kuni madridliklar Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi turi doirasida "Brest"ga qarshi o‘ynaydi. Jamoa ayni dam 12 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. 

- Sizningcha, "Real" boshqa top jamoalar kabi qiyinchilikka duch kelmoqdami? 

- Doim balansda bo‘lish uchun ko‘proq mehnat qilish kerak. Bir necha o‘yinda mag‘lub bo‘lganimizga qaramay, hamon tirikmiz va Evropaning eng kuchli jamoalarini mag‘lub etishga qodir ekanligimizga ishonamiz. 

- Kuchli sakkizlikka kirish qiyin bo‘ladi, ammo bizda hali o‘yinlar bor. Chempionlar ligasi qiyin turnir. Shubhalarga qaramay, biz endi favoritlardan biri emasmiz, deb o‘ylamayman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!