Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kutilmagan transfer Mourin'yo bosimi bilan amalga oshdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Joze jamoaga kim kerakligini biladi

«Real» Madrid klubi «Levante» jamoasi hujumchisi Karlos Espini o‘z saflariga qo‘shib olganini rasmiy e’lon qildi. Bu haqida madridliklar rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Jurnalist Arancha Rodriges xabariga ko‘ra, 21 yoshli forvardni olish tashabbusi bevosita jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyodan chiqqan. Portugaliyalik mutaxassis Espi haqida klub rahbariyatiga alohida ma’lumot berganidan so‘ng, transfer bo‘yicha muzokaralar boshlangan.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Real» futbolchining «Levante» bilan tuzgan shartnomasida ko‘rsatilgan 25 million yevro miqdoridagi to‘lov bandini ishga tushirgan. 

Shundan so‘ng madridliklar ispaniyalik hujumchi bilan shaxsiy shartnomaga tezda kelishib olgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q