La Ligada eng ko‘p maoshni kimlar olyapti?
La Ligada eng yuqori maosh oluvchi 15 nafar futbolchi reytingi e’lon qilindi. Transfermarkt portali tuzgan reytingga koʻra, Madriddning “Real” klubi futbolchilari Kilian Mbappe, Vinisius Zhunior, David Alaba va Jud Bellingem La Ligadagi eng yuqori maosh oluvchi 15 futbolchi roʻyxatiga boshchilik qilmoqda.
Umumiy roʻyxat quyidagicha koʻrinish oldi:
Kilian Mbappe («Real») — €31,3 mln
Vinisius Zhunior («Real») — €25 mln
David Alaba («Real») — €22,5 mln
Jud Bellingem («Real») — €20,8 mln
Yan Oblak («Atletiko» Madrid) — €20,8 mln
Robert Levandovski («Barselona») — €20,8 mln
Frenki de Yong («Barselona») — €19 mln
Niko Uilyams («Atletik» Bilbao) — €16,7 mln
Rafinya («Barselona») — €16,7 mln
Federiko Valverde («Real») — €16,7 mln
Lamin Yamal («Barselona») — €16,7 mln
Trent Aleksander-Arnold («Real») — €16,7 mln
Mark-Andre ter Shtegen («Jirona») — €15,6 mln
Jyul Kunde («Barselona») — €15,6 mln
Joriy mavsum oxiriga borib, bu roʻyxat oʻzgaradi. Chunki “Real” jarohatlar tufayli jamoaga yordam bera olmayotgan avstriyalik universal himoyachi David Alabadan voz kechishga qaror qilgan.
“Barselona” tarkibida eng katta maosh olayotgan polshalik toʻpurar Robert Levandovskining ham klub bilan shartnomasi yakunlanishiga bir necha oy qoldi.
Fikrlar