Lamin Yamal: Sen kimsan, tentak?
“Barselona” hujumkor futbolchisi Lamin Yamal Ispaniya kubogi yarim finali birinchi uchrashuvidan keyin “Atletiko” futbolchilari bilan janjallashdi.
Ushbu bahsda kataloniyaliklar kutilmaganda mezbonlarga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va shu tariqa, “Barselona”ning finalga chiqish imkoniyati sezilarli darajada pasayib ketdi.
Lamin Yamal ishtirokidagi hodisa uchrashuv yakunlangandan keyin ro‘y berdi. 18 yoshli futbolchi “Atletiko” o‘yinchisi Mark Pubil bilan bahslashayotgan pallada gapga argentinalik himoyachi Nauyel Molina aralashdi.
Bu holat Lamin ga yoqmadi. TyC Sports nashri bu vaziyatda Lamin Yamalning Molinani haqorat qilib, unga “Sen kimsan? Sen kimsan? Ahmoq, tentak”, - degan so‘zlarini keltirib o‘tdi.
Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvi endi “Barselona” maydonida 3 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Kataloniyaliklar ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Avvalgi mavsum finalida ular qo‘shimcha vaqtda madriddning «Real» jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar