Lautaro Martines "Inter" tarixiga "yorib" kirdi

  • 06.09.2026 10:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Inter» Milan dramatik oʻyinda «Napoli» ustidan muhim gʻalabaga erishdi. Bu bahsda klub yetakchi hujumchisi Lautaro Martines ikki bor raqib darvozasini ishgʻol etib, natijaga bevosita taʼsir koʻrsatdi.

Ushbu dubly Lautaro uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Uning gollari tufayli argentinalik hujumchi «Inter» tarkibida Italiya chempionati – A Seriyada eng koʻp gol urgan futbolchilar umumiy roʻyxatida uchinchi oʻringa koʻtarildi. Endi Martinesning hisobida ligadagi 134 ta gol bor.

Shu tariqa u uzoq yillar davomida ushbu pogʻonada turgan vengr hujumchisi Ishtvan Nʼyershni ortda qoldirdi. Nʼyersh «Inter» safida A Seriyada 133 ta gol urgan edi.

Klub tarixida Lautarodan koʻproq gol urgan faqat ikki futbolchi qoldi. Birinchisi – afsonaviy hujumchi Juzeppe Meatsza, uning hisobida 197 ta gol bor. Ikkinchisi esa Benito Lorentsi boʻlib, u «Inter» tarkibida 138 marta raqib darvozabonlarini magʻlub etgan.

Eslatib oʻtamiz, Lautaro Martines 2018 yildan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda va shu qisqa muddat ichida klub tarixidagi eng samarali hujumchilardan biriga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!