Leauga da'vogar jamoalar aniq bo‘ldi

  • 18.08.2026 14:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Milan» hujumchisi Rafael Leau joriy transfer oynasi yakunlanguncha jamoani tark etishi mumkinligi yana kun tartibiga chiqdi.

Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi vakili bilan yaqin kunlarda «Galatasaray» yangi muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Leau uchun kurashda turk klubiga Saudiya Arabistoni chempionati jamoalari ham raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, 27 yoshli hujumchining ketib qolish ehtimoli juda yuqori baholanmoqda.

Avvalroq Rafael Leauni o‘z safiga qo‘shib olishga «Fenerbahche» ham urin gani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Shuningdek, yaqin da agent Jorje Mendes futbolchini «Roma»ga taklif etgani ma'lum bo‘ldi.

Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan, «rossoneri» esa unga qiziqayotgan klublardan taxminan 40 million yevro atrofida to‘lov so‘ramoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!