Leauga yangi xaridor chiqdi
Yaxshi taklif
«Aston Villa» rahbariyati Olli Uotkins bilan yoʻllar ajralishi ehtimoli ortib borayotgan bir paytda hujum chizigʻini kuchaytirish uchun yangi nomzod izlamoqda.
Angliya klubi diqqat markazida turgan futbolchi sifatida esa «Milan» yarim himoyachisi Rafael Leau tilga olinmoqda. U haqidagi maʼlumotlar «Football Insider» nashri hamda qator italyalik manbalar tomonidan tasdiqlanmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, «Milan» oʻz yetakchilaridan biri uchun 50 million yevro atrofida toʻlov talab qilmoqda. Bundan avval «Galatasaray» klubi 35 million yevro taklif etgan, ammo bu miqdor italyaliklar tomonidan bir zumda rad etilgan.
Endilikda asosiy savol: «Aston Villa» shunday katta mablagʻni sarf etishga tayyormi yoki klublar boshqa, oʻzaro maqbul variant ustida kelisha oladimi? Bu boradagi aniqilik yaqin kunlar ichida maʼlum boʻlishi kutilmoqda.

Izohlar (0)