Legionerimiz jamoasini o‘zgartirdi

  • 17 mart, 2022, 13:28
  • 0
  • Futbol

O‘tgan mavsumni Estoniyaning "Vilyandi" klubida o‘tkazgan Abubakr Muydinov faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettiradi. 

Futbolchi "Ordabasi" klubi bilan rasman shartnoma imzoladi. Bu haqda Goal.kz xabar berdi. Ushbu jamoada yana bir legioner futbolchimiz Odilbek Abdumajidov xam to‘p tepmoqda.

Ma’lumot uchun, andijonlik futbolchi "Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!