Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Levandovski "Barsa"dan ketadimi?

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Uning o‘zi javob berdi

Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy hujumchisi Robert Levandovski jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Bu erda menga hamma narsa mos keladi, "Barselona"da o‘zimni qulay his qilyapman." Muxlislar meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘ylaymanki, men to‘g‘ri joydaman. Jamoa to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda, futbolchilar endi bor e’tiborlarini o‘z maqsadlariga erishishga qaratishgan", - deya polshalik to‘purarning so‘zlarini keltirmoqda "Marca" nashri.

Avvalroq matbuotda kataloniyaliklar Levandovskini sotish haqida o‘ylayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Joriy mavsumda Robert 17 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q