Levandovski Krishtianu Ronalduni rekordini yangiladi
Gol urish mana bunaqa bo‘ladi
Polyak terma jamoasi yetakchisi Robert Levandovski Ruminiyaga qarshi oʻyinda uchta gol urib, xet-trik qayd etdi. Polsha bu bahsda raqibini 6:0 hisobida magʻlub etdi.
Bu natija orqali Levandovski nafaqat milliy jamoa tarkibidagi gollari sonini 92 taga yetkazdi, balki Millatlar ligasida yangi rekord oʻrnatdi.
38 yosh va 42 kunlik paytida u Yevropa musobaqasi doirasida xet-trik qayd etgan eng katta yoshdagi futbolchiga aylandi.
Shu tariqa u Krishtianu Ronalduni koʻrsatkichini ham ortda qoldirdi. Portugaliya yulduzi 2019 yil 5 iyunda Shveytsariya darvozasiga uchta gol urganda 34 yosh va 120 kunlik edi.

Izohlar (0)