Levandovski Messining rekordini “sindirdi”
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasi 1/8 finali javob oʻyinida “Nyukasl” darvozasiga (7:2) gol urdi.
Shu tariqa polshalik hujumchi UEFA Chempionlar ligasida jami 41 ta klub darvozasini ishgʻol qilib, bu koʻrsatkich boʻyicha turnir rekordini yangiladi.
Avvalgi rekordchi sakkiz karra “Oltin toʻp” sohibi Lionel Messi boʻlib, u Evropada oʻynab yurgan kezlari eng nufuzli musobaqa doirasida 40 ta jamoa darvozasini ishgʻol qilgan edi.
Levandovski Evropa Chempionlar ligasi uchrashuvlarida Angliyaning «Arsenal», «Manchester Siti», «Tottenxem», «Chelsi», «Nyukasl», Ispaniyaning «Real», «Barselona», «Malaga», «Atletiko», «Vilyarreal», Italiyani «Inter», «Yuventus», «Roma», «Latsio», «Napoli», Fransiyaning «Marsel», «PSJ», «Lyon», «Brest», Germaniyaning «Bavariya», «Borussiya Dortmund», Portugaliyaning «Portu», «Benfika», Rossiyaning «Zenit», «Rostov», Niderlandiyaning «Ayaks», PSV, Ukrainaning «Shaxtyor», «Dinamo Kiev», Greciyaning «Olimpiakos» va AEK, Belgiya ning «Anderlext», «Antverpen», Slovakiyaning «Slaviya», «Viktoriya Plzen», Xorvatiyaning «Dinamo Zagreb», Serbiyaning «Tsrvena Zvyezda», Avstriyaning «Red Bull Zaltsburg», Shveytsariyaning «Yang Boyz», Daniyaning «Kopengagen» va Turkiyaning «Beshiktash» jamoalari darvozasiga gol urgan.
37 yoshli forvard jami Chempionlar ligasida 142 ta oʻyinda qatnashib, raqiblar darvozasini 109 marotaba ishgʻol qilgan.
Fikrlar