Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Levandovskini olmaymiz!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi u kerak emas

AQShning “Chikago Fayr” klubi transfer siyosatidagi tanlovlarini o'zgartirdi. Buning oqibatida ushbu jamoa “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski transferi bo'yicha kurashdan chiqqanini ma'lum qildi.

Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Amerika klubi yil boshida 37 yoshli forvardni sotib olish uchun faol harakat qilgandi. Keyinchalik klub polshalik forvardni yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritishni mo'ljallagan edi. Ammo hozirgi vaqtda muzokaralar to'xtab qolgan.

Levandovski 2022 yil yozidan beri “Barselona” safida o'ynamoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda ishtirok etib, 17 ta gol va to'rtta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 8 million evroni tashkil qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q