“Lids” maqsadiga yetolmadi
Angliyaning “Lids” klubi Yulian Brandt uchun kurashda mag‘lub bo‘ldi. Mahoratli yarim himoyachi Amsterdamning «Ayaks» klubiga o‘tib ketdi.
Bu yozda Brandt “Borussiya Dortmund” bilan amaldagi shartnomasi tugagach, erkin agentga aylangan edi.
Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, “Lids” unga rasmiy taklif bergan va Yulian Angliya Premier-ligasida o‘ynash imkoniyatiga qiziqish bildirgan.
30 yoshli nemis futbolchisi va uning otasi (ayni paytda agenti ham) “Lids” bazasiga tashrif buyurib, bosh murabbiy Daniel Farke bilan uchrashgan.
Biroq yakunda Brandt “Lids” taklifini rad etib, 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma asosida “Ayaks”ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi.

Fikrlar