
Lingard APLga qaytishi mumkin
Ayni paytda erkin agent bo‘lib turgan Jessi Lingard Premer-ligaga qaytishi mumkin. Uni "Everton" o‘z tarkibiga qo‘shib olish istamoqda, deya xabar berdi "talkSPORT" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, mersisaydliklar futbolchiga yarim yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan. Ammo hali muzokaralar boshlgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Lingard bundan oldin APLning "Nottingem Forest" klubida to‘p tepdi. Shunigdek, "Al-Ittifoq" jamoasi mashg‘ulotlarida ko‘rinish berib, Saudiya klubi bilan kelisha olmadi va erkin agent sifatida qoldi.
Fikrlar