
Lingard uzr so‘rab chiqdi!
Jessi Lingard mast holda mashina haydagani uchun uzr so‘radi.
Iyul oyida "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Manchesterda politsiya tomonidan to‘xtatilgandi. Unda spirtli ichimliklar chegarasi ikki baravar ko‘p ekanligi aniqlandi. Jessi 57 ming funt sterling jarimaga tortildi.
“Men xatoimni tan olmoqchiman va nomaqbul xatti-harakatlarim uchun omma oldida kechirim so‘rayman.
Men xatoimning oqibatlarini to‘liq tushunaman va qabul qilaman. Boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘yish yaxshi emas.
Muxlislarim va faoliyatim davomida meni kuzatib, qo‘llab-quvvatlaganlar oldida hijolatdaman", - dedi futbolchi.
Lingard o‘tgan mavsum "Nottingem Forest"da o‘ynagan. Ayni damda futbolchi klubsiz.
Fikrlar