Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Liverpool" 145 million evrolik supertransferga ko‘ndi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hammasi hal bo‘ldi

«Liverpul» klubi PSJ hujumkor futbolchisi Bredli Barkolani qancha sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi.

The Athletic nashri ma’lumoticha, «qizillar» 23 yoshli Frantsiya terma jamoasi o‘yinchisi uchun 106 million funt asosiy to‘lov va qo‘shimcha 17 million funt bonus miqdorida mablag‘ o‘tkazadi. Yevro hisobida bu 125 million yevro va ustidan yana 20 million yevro bonus degani. Futbolchi 24 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, besh yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

RMC Sport manbasi ham bitim umumiy qiymati 125+20 million yevro atrofida bo‘lishini tasdiqlamoqda. Ta’kidlanishicha, bonuslarni qo‘lga kiritish shartlari ancha sodda va ularni amalga oshirish oson bo‘ladi.

Barkolya PSJ tarkibida 152 o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol urdi va 37 ta golli uzatma berdi. U parijliklar bilan ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, uch bor Frantsiya chempioni bo‘lgan. Uning batafsil statistikasini quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q