«Liverpool» Arauxoni to‘liq sotib olmoqchi

  • 08.09.2026 10:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ga tegishli bo‘lgan urug‘vaylik markaziy himoyachi Ronald Arauho kelgusida to‘liq huquq bilan «Liverpul» klubiga o‘tishi mumkin.

Rousing The Kop nashri xabariga ko‘ra, futbolchining ijara shartnomasida 54,5 million yevro miqdorida sotib olish bandini o‘z ichiga olgan optsion bor. Bu shart majburiy emas, shu bilan birga «Liverpul» mavsum yakunini kutmasdan istalgan paytda undan foydalanish huquqiga ega.

Transfer atrofidagi mish-mishlarga qaraganda, Arauho «Liverpul» murabbiylar shtabi va rahbariyatiga juda ma’qul kelgan. Shu bois klub futbolchini muddatidan oldin to‘liq sotib olish variantni ham ko‘rib chiqmoqda. Biroq qarorni mavsum oxirigacha kechiktirish ehtimoli ham saqlanib qolmoqda.

27 yoshli himoyachi «Liverpul» tarkibida Angliya Premier-ligasida uchta o‘yin o‘tkazdi va bir marta ogohlantirish (sariq kartochka) oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!