"Liverpool" asosiy darvozabonidan voz kechdi
Kutilmagan qaror qabul qilindi
«Liverpul» jamoasining braziliyalik darvozaboni Alisson Beker joriy mavsum yakunlangach klubni tark etishi kutilmoqda. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» Alisson bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirayotgani yo‘q. Shu bois 33 yoshli posbon kelasi yozda erkin agent sifatida «Enfild»ni tark etishi mumkin. Alisson 2018 yildan buyon angliyalik grandi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida to‘rt uchrashuvda maydonga tushdi, beshta gol o‘tkazib yubordi va bir marta darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar (0)