"Liverpool" "Barsa" yulduzini qo‘lga kiritdi

  • 10.08.2026 23:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» himoya chizig‘ini kuchaytirdi: Ronald Arauho endilikda mersisaydliklar safida o‘ynaydi.

Angliya grandi 27 yoshli markaziy himoyachini «Barselona»dan ijara asosida qo‘shib olganini rasmiy e’lon qildi. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida «Liverpool» futbolchini 55 million yevro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jurnalist Ben Djeikobs ma’lumotiga ko‘ra, transfer shartnomasiga binoan ijara uchun alohida to‘lov nazarda tutilmagan, ammo «qizillar» Arauho‘ga to‘liq maosh to‘ladi. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi kelayotgan mavsum uchun ish haqini qisqartirishga rozi bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda urugvaylik himoyachi «Barselona» tarkibida La Ligada 24 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol muallifiga aylandi. Uning batafsil statistkasi maxsus havola orqali taqdim etilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!