Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Liverpool" bir futbolchidan voz kechdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Bu oʻyinchi ishonchni oʻqlamadi

«Liverpul» yarim himoyachisi Federico Kyeza joriy mavsum davomida jamoani tark etadigan bo‘ldi.

Italiyalik futbolchi bu kampaniyada hali maydonga tushgani yo‘q. Sabab – mushaklaridagi jarohat. Calciomercato nashri ma’lumoticha, qo‘l ostidagi holatni inobatga olgan holda, qishki transfer oynasi ochilishi bilan Kyezani sotuvga qo‘yish rejalashtirilmoqda. «Qizillar» 28 yoshli vinger uchun taxminan 15 million yevro talab qilmoqda.

Federico Kyezaga «Inter» va «Napoli» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq ehtimoliy kelishuvga asosiy to‘siq sifatida futbolchining maoshi ko‘rsatilmoqda: Angliyada u bir mavsum uchun taxminan 7 million yevro miqdorida «sof» maosh oladi.

Kyeza 2024 yil avgust oyida «Yuventus» tarkibidan «Liverpul»ga o‘tgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q