«Liverpool» Isak haqida yangilik e’lon qildi
«Liverpool» hujumchisi Aleksandr Isak Shvetsiya terma jamoasi yig‘inida jarohat olib, Millatlar ligasining uchta o‘yinini o‘tkazib yubordi.
«Liverpul» klubi markaziy hujumchisi Aleksandr Isak Shvetsiya terma jamoasi yig‘inida jarohat oldi. Bu haqida ingliz granti matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bois skandinaviyalik forvard jarohati sabab yana Tumanli Albionga qaytib ketmoqda. U UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichida Shvetsiya terma jamoasi o‘tkazadigan uchta navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi.
«Liverpul» ma’lumotiga ko‘ra, Aleksandr Isak olgan jarohat jiddiy emas. Yaqin kunlarda «qizillar» klubi shifokorlari shved futbolchisining sog‘liq holatini batafsil tekshirib, yakuniy xulosa beradi.
27 yoshli Isak joriy mavsum Angliya premer-ligasida shu paytga qadar beshta o‘yinda maydonga tushdi. U shu bellashuvlarda to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar (0)