Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Liverpool" Ispaniyadan zo'r himoyachi topdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Skautlar yaxshi ishladi

«Liverpul» himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Manbalarga ko‘ra, «Liverpul» 31 yoshli ispaniyalik universal himoyachi Markos Lyorente bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 

Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, hozircha «Atletiko» rahbariyati futbolchini sotish niyatida emas. Lyorente 2019 yildan beri madriddliklar safida o‘ynab kelmoqda va klub uning shartnomasini uzaytirishni maqsad qilgan.

Markos Lyorente 2021 yilda «Atletiko» tarkibida Ispaniya chempioni bo‘lgan. Joriy yilda esa u Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q