Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Liverpool" Laminni olyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoaga aynan shunaqa oʻyinchi kerak

«Liverpul» Lamin Kamara bilan shartnoma imzolash arafasida. Angliyaning mashhur klubi Fransiyaning «Monako» jamoasida to‘p suruvchi yarim himoyachi Lamin Kamara bilan 5 yillik shartnoma tuzishi kutilyapti. 

Bu haqida indykaila News nashri xabar berdi.

Yozgi transfer oynasi davomida Kamaraning «Chelsi»ga o‘tishi kutilgan edi. London klubi «Manchester Siti» safiga yo‘l olgan Enzo Fernandez o‘rnini aynan shu futbolchi bilan to‘ldirishni rejalashtirgandi. Biroq kelishuv amalga oshmay qoldi.

Manbalarga ko‘ra, hozirda Kamara «Liverpul» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Tomonlar faqat ayrim mayda-chuyda jihatlarni muhokama qilmoqda. Rasmiy imzo esa yanvar oyiga rejalashtirilgan, chunki yozgi transfer oynasi yopilib bo‘lgan.

Senegallik yarim himoyachi Lamin Kamara 2024 yili «Mets» klubidan «Monako»ga o‘tgan. U o‘tgan mavsumda Liga 1 doirasida 24 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q