Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Liverpool"ni Sherni olib ketmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Boshqa xaridor ham bor

Gap havbek Sher Ndur haqida ketmoqda. Angliyaning mashhur «Liverpul» klubi «Fiorentina» va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sher Ndurni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 

Bu haqida CaughtOffside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchiga nafaqat «Liverpul», balki «Aston Villa» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki jamoa Ndur bilan shartnomani qishki transfer oynasida rasmiylashtirishni rejalashtiryapti.

Insayderlar ma’lumoticha, «Fiorentina» havbekni 30–35 million yevro atrofidagi summa evaziga sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. 

Shere Ndur bundan avval «Benfika», PSJ, «Braga» va «Beshiktosh» tarkiblarida ham o‘ynagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q