"Liverpool" oʻyinchisi jamoadoshlari bilan janjallashdi
«Liverpul» nazorat uchrashuvida «Reksham»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi, yagona golni 17 yoshli Rio Ngumoa urdi.
Yevropa vaqti bilan chorshanbaga o'tar kechasi «Liverpul» nazorat uchrashuvida «Reksham» ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi — 1:0. Ammo maydondagi utishdan keyin jamoa ichida kutilmagan tarzda tortishuv kelib chiqdi: «qizillar» yarimhimoyachisi Körtis Jons bir necha jamoadoshlari bilan qattiq bahslashib qoldi.
Daily Mail nashri yozishicha, dastlab Jons Dominik Soboslai bilan tortishgan. Keyinchalik u Jeremi Frimpong va Kostas Tsimikas bilan ham o'zaro keskin gaplar almashgan. Vaziyat keskinlashib ketmasligi uchun klub xodimlari Körtisni bir chetga olib chiqishga majbur bo'lgan.
Uchrashuvning yagona goli «Liverpul» tarkibida maydonga tushgan 17 yoshli vinger Rio Ngumoa tomonidan urildi. Yosh futbolchi o'z imkoniyatdan unumli foydalaniib, jamoasiga g'alaba keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Premyer-liga yangi mavsumida «Liverpul» birinchi turni safarda o'tkazadi. Jamoa 23 avgust kuni «Nyukasl» mehmoni bo'ladi.

Izohlar (0)