Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Liverpool" qishda bir yulduzidan ayriladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Vaziyat shuni taqozo etmoqda

«Liverpul» tarkibida to‘p surib kelayotgan italyalik yarim himoyachi Federico Kyeza qishki transfer oynasidan so‘ng jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, agar Kyeza jarohatdan to‘liq tiklangach, asosiy tarkibda mustahkam o‘rin egallay olmasa, u holda yanvar oyida klub rahbariyatidan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘rashi ehtimoli bor.

Futbolchi yangi mavsumni mushak jarohati sabab o‘tkazib yuboryapti. Uning maydonga qaytishi xalqaro o‘yinlar uchun tanaffus davriga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, «Liverpul» Kyezani ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar ligasi ro‘yxatiga kiritmadi.

Futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumoticha, italyalik vingerning bozor qiymati 13 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q