Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Liverpool» tarbiyalanuvchisini «Lyon»dan qaytarishni ko‘rib chiqmoqda

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

«Liverpool» «Lion»ning 23 yoshli yarim himoyachisi Tayler Mortonni qishki transfer oynasi uchun asosiy nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi.

Angliyaning mashhur «Liverpul» klubi fransuziyalik «Lyon» yarim himoyachisi Tayler Mortonning o‘yinlarini kuzatishda davom etmoqda.

«Liverpul» tarbiyalanuvchisiga bo‘lgan qiziqish haqidagi ma’lumotni Football Insider nashri jurnalisti Pit O’Rurk ham tasdiqlagan. Uning ma’lumoticha, mersisaydliklar hozircha aniq taklif bilan chiqmagan, ammo 23 yoshli futbolchi qishki transfer oynasi oldidan tayanch yarim himoyachi pozitsiyasini kuchaytirish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Xabar qilinishicha, jamoa bosh murabbiyi Andoni Iraola Mortonning Fransiyadagi o‘yinlaridan juda yaxshi taassurot olgan va uning «Enfild»ga qaytishi ehtimolini inkor etmayapti.

Angliyalik yarim himoyachi 2025 yili «Lyon» safiga o‘tgan. Bonuslarni hisobga olgan holda kelishuv qiymati 15 million funtni tashkil etgan. Shu bilan birga, «Liverpul» futbolchining keyingi transferi summasidan 20 foiz ulush olish huquqini saqlab qolgan. Biroq shartnomada futbolchini orqaga qayta sotib olish bandisi ko‘zda tutilmagan.

Mortonning «Lyon» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Fransuz klubi mavsum o‘rtasida asosiy o‘yinchilaridan biri bilan xayrlashishni istamayapti va uning ehtimoliy qishki transferiga to‘siq qo‘yish niyatida.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q