Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Liverpool" transferi barbod bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Reja oʻxshamay qoldi

«Liverpool» klubi «Wolverhampton»ning portugaliyalik  hujumkor futbolchisi Mateush Mane transferi bo‘yicha muzokaralar olib borgani ma’lum qilindi. 

Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Biroq «qizillar» rahbariyati «Wolverhampton»ni futbolchini sotishga ko‘ndirolmadi. Klub Mane bilan xayrlashishni istamadi. Shuningdek, portugaliyalik vingergа «Manchester Yunayted» ham jiddiy qiziqish bildirgani aytilmoqda.

Mateush Manening amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, «Wolverhampton» Angliya Premier-ligasidan chiqib ketgan va hozir Chempionship divizionida ishtirok etmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q