«Liverpool» ustozi Barkolaning holati haqida gapirdi

  • 09.09.2026 12:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoa yarim himoyachisi Bredli Barkolaning jismoniy holati haqida gapirib, UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi birinchi turida «Atletiko Madrid»ga qarshi uchrashuv oldidan uning tayyorgarligini baholadi.

«Barkola «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda taxminan yarim soat maydonga tushdi. U bundan ko‘proq o‘ynay oladi. Bredli mashg‘ulotlarda juda yaxshi ishlayapti. Uning o‘yin tonusini qayta tiklayotganini ko‘ryapman. Hozir uni cheklab turadigan jiddiy omil yo‘q, deb o‘ylayman», – deya Iraolaning so‘zlarini keltirdi «qizillar» matbuot xizmati.

«Liverpool» – «Atletiko» bahsi bugun, 9 sentabr kuni «Enfild» stadionida o‘tkaziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!