Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Liverpool" vunderkindni "Real" va "Barsa" bermaydigan bo'ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bunaqa o'yinchilar hali kerak bo'ladi

Angliyaning mashhur klubi «Liverpul» rahbariyati 18 yoshli vinger Rio Ngumoha bilan yangi shartnoma borasida printsipial kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda TEAMtalk manbasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yaqin kunlar ichida yosh futbolchi yangi bitimga imzo qo‘yadi. Shundan so‘ng mersisayd klubi kelishuv haqida rasmiy e'lon qilishi kutilmoqda. Hozircha tomonlar faqat ayrim mayda-chuyda jihatlarni kelishib olishmoqda. Yangi shartnoma shartlari Ngumohaning jamoada ortib borayotgan o‘rni va ahamiyatini aks ettirishi aytilmoqda.

Yosh angliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotganlar orasida «Real» va «Barselona» kabi grand klublar ham bor. Avvalroq uning ehtimoliy transferi «Bavariya» bilan ham bog‘langan edi. Shunga qaramay, Ngumohaning o‘zi faoliyatini «Enfild»da davom ettirish niyatida ekani qayd etilmoqda.

Vinger 2024 yili «Chelsi» tarkibidan «Liverpul»ga o‘tgan. U mersisayd klubi asosiy jamoasi safida 16 yosh va 135 kunlik paytida debut qilgan. 

Klub mutaxassislari Ngumohaning tezligi, dribblingi va raqibni birga bir vaziyatlarda oson engib o‘tish mahoratini alohida qadrlamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q