Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Liverpul” 9 nafar superfutbolchini kutmoqda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zo‘r o‘yinchilar kelar ekan...

Yozda “Liverpul” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Klub rahbariyati jamoani yangi ijrochilar yordamida kuchaytirishga qaror qilgan.

“Qizillar” yozda quyidagi futbolchilarni olib kelishga urinib ko‘radi. Nishondagi futbolchilarning aksariyati boshqa klublarni ham jiddiy qiziqtirayotgani transferlarning qiyin bo‘lishidan darak bermoqda.

Florian Virtts – “Bayer” etakchisi 100 million evrodan qimmat turadi. 21 yoshli hujumkor futbolchini “Real” ham ko‘zlagan.

Federiko Keza – “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan o‘yinchini olishni rejalashtirayotganlar ko‘p.

Viktor Dokeresh – “Sporting”dagi gollari bilan mavsum kashfiyoti bo‘ldi.

Rafael Leau – “Milan” to‘purari anchadan beri turli klublar diqqat markazida turibdi.

Bundan tashqari, “Liverpul” ro‘yxatiga Karim Adeyemi (“Borussiya Dortmund”), Viktor Osimxen (“Napoli”), Ten Kopmeyners (“Atalanta”), Kvinten Timber (“Feyenoord”), Denzel Dyumfris (“Inter”) kabi futbolchilar ham kiritilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q