“Liverpool” bittada to‘rt yulduzdan voz kechdi
Joriy mavsum Angliya chempionligi unvonini munosib himoya qila olmagan “Liverpul” yozda tarkibni jiddiy yangilashga tayyorlanmoqda.
The Sun nashri ma'lumotiga koʻra, yaqinlashib kelayotgan yozda jamoaning soʻnggi yillardagi eng zoʻr toʻpurari Muhammad Saloḥ klubni tark etishi aniq boʻlgan masala.
Biroq bu yoʻqotish hali hammasi emas. Manbaga koʻra, klub Jo Gomes, Aleksis Mak Allister, Federico Kyeza va Kodi Gakponi ham transferga qoʻyadi.
Shuningdek, yarim himoyachi Kёrtis Jonsning jamoadagi kelajagi ham noaniq boʻlib qolmoqda. Bundan tashqari, himoyachi Endryu Robertson yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilmoqda.
Avvalroq, “Liverpul” bosh murabbiyni almashtirib, jamoa boshqaruviga ishsiz yurgan Xabi Alonso ni tayinlashi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. Hozirgi paytda “Liverpul” Premyer-liga jadvalida beshinchi oʻrinni egallab turibdi va Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumi yoʻllanmasi uchun kurashmoqda.
Fikrlar