Asosiy mazmunga oʻtish

«Liverpool» darvozaboni Alissonga yangi da'vogar paydo bo‘ldi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Flamengo» «Liverpul» darvozaboni Alissonni faqat u o‘zi Vatanga qaytish istagini bildirsa, o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Braziliyaning «Flamengo» klubi «Liverpool» darvozaboni Alissonni oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqmoqda. Bu haqida 1News nashri xabar berdi.

Braziliyaliklar 33 yoshli darvozabonni uzoq muddatli maqsad sifatida koʻrmoqda. Biroq klub futbolchi vataniга qaytish istagini bildirgan taqdirdagina uni transfer qilish boʻyicha amaliy qadamlar tashlaydi.

Alissonning «Liverpool» bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali darvozabonning transfer qiymatini 15 million yevro deb baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q