“Liverpool” ikkinchi transferini e’lon qildi
20 yoshli himoyachi Jeremi Jake Fransiyaning «Renn» klubidan Angliya Premier-ligasiga ko‘chib o‘tdi. Futbolchining yangi jamoasi «Liverpul» bo‘ldi. Bu haqida Mersisayd klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar 2031 yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
- Bu transferdan juda xursandman. «Liverpul»ga kelganimdan behad mamnunman. Tezroq ushbu jamoa safida maydonga tushishni intiqilik bilan kutyapman. Bunday buyuk klubda o‘ynash — amalga oshgan orzu, - dedi Jeremi Jake.
O‘tgan Angliya Premier-ligasi mavsumida «Liverpul» 60 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallagan.

Fikrlar